Ko'p beriladigan savollar
Qabul jarayoni va maktab faoliyati bo'yicha ota-onalardan tez-tez so'raladigan savollarga javoblar.
Hujjatlar har yili 1-may dan 15-iyungacha onlayn yoki maktab qabul bo'limi orqali qabul qilinadi. Aniq sanalar har yili veb-sahifada e'lon qilinadi.
Imtihon ona tili, matematika va mantiqiy fikrlash bo'yicha o'tkaziladi. Maxsus tayyorgarlik dasturlari yoki namunaviy testlar haqida qabul bo'limidan so'rashingiz mumkin.
Ha, bo'sh o'rinlar mavjud bo'lganda boshqa hududlardan bo'lgan o'quvchilar ham umumiy tartibda imtihon orqali qabul qilinishi mumkin.
Ha, maktabimiz davlat ta'lim muassasasi bo'lib, asosiy o'quv dasturi bepul. Faqat ovqatlanish, transport kabi ba'zi qo'shimcha xizmatlar ixtiyoriy to'lov asosida.
Bo'sh o'rin mavjud bo'lgan taqdirda, ko'chib o'tish so'rovlari Kuzatuv kengashi roziligi bilan ko'rib chiqiladi.
Natijalar maktab rasmiy veb-sahifasida va Telegram kanalida belgilangan sanada e'lon qilinadi, shuningdek SMS orqali ham xabar beriladi.